View in Telegram
“Hammasi zo‘r bo‘lsin” deyishadi, shu to‘g‘rimi? Grafik dizaynerga: Zo‘r dizayn tayyorlab bering; Videografga: Zo‘r video olib, montaj qiling; Kopirayterga: Zo‘r matn yozib yuboring. Savol: “ZO‘R” — siz uchun nima? Uni o‘lchash mumkinmi? Eng muhimi — buni qanday tushunish mumkin? Hozirgi kunda ba’zi biznes egalari va SMM mutaxassislari vazifalarni shunday berishadi. Tasavvur qiling: Shu ko‘rinishda topshiriq berdingiz. U bajarildi. Lekin sizga yoqmadi. Buni mutaxassisga qanday tushuntirasiz? Ha, balki vazifa haqiqatdan ham noto‘g‘ri bajarilgandir. Ammo vazifa aniq bo‘lmagani uchun mutaxassisga buni tushuntira olmaysiz. === Nima qilish kerak? 1. Mutaxassislarga vazifa berganingizda ulardan aniq nima/qanday natija kutayotganingizni batafsil tushuntiring. 2. Topshiriq tushunarliroq bo‘lishi uchun namuna/referens yuboring. 3. Aniq vazifa bermagan bo‘lsangiz, mutaxassislarni ayblamang. Sizda ham shunday holat bo‘lganmi? Javoblaringizni izohlarda kutaman. 🔔 Post foydali bo‘lsa, uni marketing sohasidagi do‘stlaringizga ham yuborib qo‘ying. #shu_togrimi @maqsadli_mijoz
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily