View in Telegram
48-mavzu KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLAR – DAVR TALABI Bu islohotlarning e’tiborli jihati har bir insonni, ayniqsa, yoshlarni o‘zlarining imkoniyatlarini keng na¬moyish etishi, ish joylariga ega bo‘lishi, zamonaviy ta’lim va tarbiya olishiga shart-sharoitlar yaratishga qaratilganidadir. O‘zbekiston fuqarosining mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar yoki yashash joyini erkin tanlash huquqi kafolatlanmoqda. Qolaversa, endilikda har bir fuqaroning mamlakatdan to‘siqlarsiz chiqish va qaytish huquqi qonun bilan ta’minlangan. Shuningdek, oxirgi yillardagi islohotlar natijasida Toshkent shahri va viloyatidan ko‘chmas mulk sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaroning ushbu hududlarda doimiy propiskada turishi talabi bekor qilindi. Poytaxtda ro‘yxatdan o‘tmasdan yashash muddati 15 kunga uzaytirildi. Vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘y¬xatga olish muddati 1 yildan 5 yilgacha uzaytirilib, fuqarolarni o‘z xohishi bilan ro‘yxatdan o‘tishga undaydigan mexanizmlar yaratildi. Pasport tizimini takomillashtirish orqali xorijga chiqish uchun ruxsatnoma (stiker) rasmiylashtirish tartibi bekor qilindi. 2017–2021-yillarda inson huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha muhim qadamlar tashlandi. Jumladan, mamlakat aholisi uchun uzoq yillardan bu¬yon og‘riqli masala bo‘lib kelgan «propiska» tizimi tubdan isloh qilindi. Fuqarolik berish tartibi¬ning soddalashtirilishi natijasida 2018–2021-yillarda 70 mingdan ortiq shaxs O‘zbekis¬ton Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. Shu¬ningdek, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ko‘zda tutilgan «Propiska» tizimini yanada soddalashtirish vazifasini hal etishning o‘zi aholi¬ning Kons¬titutsiya va qonunlarga, davlat va islohotlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirdi. Quvonarli tomoni shundaki, O‘zbe¬kis¬ton Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 20-iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida: «Fuqarolar¬ning mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar yoki yashash joyini erkin tanlash huquqi, mamlakatdan to‘siqlarsiz chiqish va qay¬tish huquqi kafolatlanishi lozim. Bundan tashqari, shaxsiy hayot daxlsizligi va uning kafolatlari Kons¬titutsiya darajasida mustahkam¬lanishi zarur», – deb ta’kidlagan edi. Bu esa Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning talablarini bajarishga xizmat qiladi. Mazkur qoidalar, o‘z navbatida, O‘zbekiston Res¬publikasi Prezidentining «Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020-yil 22-apreldagi farmonida o‘z aksini topgan. E’tiborli jihati, mazkur huquq va erkinliklarni ta’minlayotgan AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya va boshqa bir qator davlatlarning kons¬titutsiyalarida ham ko‘rish mumkin.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily