43 - mavzu
SAMARQAND – YANGI O‘ZBЕKISTONNING TURIZM MARKAZI
Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand milliy davlatchiligimiz, umuman, jahon sivilizatsiyasi tarixida alohida o‘ringa ega manzillardan biridir. Afsonaviy shaharning uzoq o‘tmishni aks ettirgan munavvar koshonalari, qadimiy obidalari, muattar havosi necha asrdirki, dunyo ahlini o‘ziga rom etib keladi. Shu bois ham yilning to‘rt faslida bu yerdan sayyohlar qadami uzilmaydi.
Joriy yil yurtimiz mustaqilligi¬ning 31 yilligi bayrami arafasida Samarqand shahrida «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazining ochi-lishi fikrimizning yorqin isbotidir. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, xalqimizning aql-zakovati va fidokorona mehnati bilan bunyod etilgan ushbu majmua Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi yana bir sal¬moqli, zafarli natija bo‘ldi.
Majmuaning loyihasi tajribali me’mor va muhandislardan iborat xalqaro jamoa tomonidan milliy me’morchilik va shaharsoz¬lik tajribamiz, iqlim sharoitimizga mos tarzda puxta ishlab chiqilgan. Yiliga ikki million turistga xizmat qi¬ladigan bu ko‘p tarmoqli markaz tarkibidan «Boqiy shahar» majmuasi, Kongress holl, 8 ta zamonaviy mehmonxona, amfiteatr va ko‘plab boshqa obyektlar o‘rin olgan.
Asrlar davomida Xitoyning qadi¬miy Sian shahridan boshlanib, dunyoning ko‘plab mamlakatlari hududidan o‘tgan va ko‘hna Rimga qadar yetib borgan «Buyuk ipak yo‘li» deb nom berilgan ulkan sav¬do yo‘li jahon xalqlari o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy muloqot vositasi bo‘lib kelgan. Boqiy Samarqand esa asosiy manzillardan biri bo‘lgan. «Boqiy shahar» maj¬muasi bezaklari¬da qadimiy Afrosiyob devorlarida saqlanib qolgan tasvirlardan foydalanilgan bo‘lib, bu tarixiy lavhalar har qanday sayyohni qadimiy afsonalar olamiga, tarixiy obidalar dunyosiga olib kiradi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, bundan 3–4 yil avval Samarqand¬ga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy sayyohlar soni 500 ming nafardan oshmagan. So‘nggi yillarda turizm sohasidagi qator masalalar qayta ko‘rib chiqildi. Xususan, sayyohlarga viza berish keskin liberallashtirildi. Aeroportlarda navbatlar va tekshirishlarga barham berildi, yashil yo‘laklar tashkil etildi. Mehmonlar elektron ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bo‘ldi, ular erkin harakatlanishi uchun hamma sharoitlar yaratildi. Valyuta ayirboshlashga cheklovlar bekor qilindi. Turistik korxonalar uchun ijtimoiy soliq va aylanma soliq stavkalari 1 foiz etib belgilandi, yer solig‘i va mol-mulk soliq stavkalari 90 foizga kamaytirildi. Buning samarasi o‘laroq, oxirgi yillarda birgina Samarqandga kelayotgan xorijiy tu¬ristlar soni 2 barobar ko‘paydi.
Shu o‘rinda yana bir raqamni keltirib o‘tish kerak, ya’ni, yurtimizda ayni paytda turizm sohasida mehnat qilayotganlar soni 500 mingdan ortiq. Ularni o‘qi¬tish va kasbiy mahoratini yanada oshirish maqsadida Samarqand shahrida «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunda ushbu bilim maskanida 6 ta davlatdan mingdan ziyod ta¬laba-yoshlar ta’lim oladi. Bu yerda 20 mingga yaqin nodir adabiyotlar va qo‘lyozma asarlardan iborat zamonaviy kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Aytish joizki, mamla¬katimizda turizmni rivoj¬lantirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish, ularga qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish maqsadida Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari, Toshkent shahri ichki ishlar tuzilmalarida xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalari tashkil etildi.
Joriy yilning 19-sentabr kuni Prezidentimiz raisligida mamlakatimizning ichki va tashqi tu¬rizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan video¬selektor yig‘ilishida Tashqi ishlar vazirligiga «Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi» targ‘ibot kampaniyasini o‘tkazish, Samarqandga sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni tasdiqlash va elchixonalar oldiga xorijiy mamlakatlarda targ‘ibot kampaniyasi, xorijiy ommaviy axborot vositalari, mashhur turistik blogerlar uchun press-turlar tashkil etish vazifasi qo‘yildi.