42-mavzu
UCHINCHI RЕNЕSSANS ARAFASIDA ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINING DOLZARB VAZIFALARI
Yangi O‘zbekistonda yuz berayotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlar, bir tomondan, insonni o‘zgartirish, rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qurilayotgan odil jamiyat uchun chuqur bilimga ega, jismonan sog‘lom, axloqan pok, ma’naviy yetuk insonlarga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqarmoqda.
Azaldan bizning ajdodlari¬miz har taraflama barkamol, komil imon va ma’rifat sohib¬lari bo‘lgan. Yetuk, axloqiy pok kishilargina jamiyat taraq¬qiyoti, fan rivoji bilan bog‘liq muammolarga aql-zakovat bilan yechim topishini bashorat qilishgan.
Sharq Renessansini boshlab berishgan, turfa fanlarda olamshumul kashfiyotlar yaratgan Beruniy, tibbiyotning qanchadan-qancha sir-asrorlarini kashf etgan Ibn Sino, yulduzlar tilsimotini ochgan Mirzo Ulug‘bekdek buyuk bobolarimizni allaqachon jahon ilm ahli e’tirof etgan.
Bugun biz, buyuk bobolarning avlodlari ulug‘vor va xayrli ishlar sabot va yorug‘ yuz bilan amalga oshirilayot¬gan bir davrda, dunyoga Yangi O‘zbekiston nomi bilan tanilayotgan muqaddas zaminda Uchinchi Renessansga poydevor qo‘yiladigan qutlug‘ zamonda umrguzaronlik qilmoqdamiz.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, «Bugungi kunda ko‘p millatli xalqimiz Vatanimiz taraqqiyoti uchun, O‘zbekistonning yangi Uyg‘onish davrini yaratish yo‘lida belini mahkam bog‘lab, fidokorona mehnat qilmoqda. Bu yo‘lda ulkan orzu-umidlar, katta rejalar bilan safimizga qo‘shilayotgan yoshlarimiz — asosiy tayanchimiz va suyanchimizdir».
Yurtimizdagi jadal rivoj¬lanishlar, ta’lim va ilm-fan sohasidagi o‘zgarishlarni kundalik hayotimizda ro‘y berayotgan yuksalishlar jarayonlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasida sa’y-harakatlarning lokomotivi sifatida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, ma’rifatni rivojlantirish g‘oyasi tanlangani ushbu tashabbusning g‘oyat hayotiy¬ligini ta’minlovchi eng muhim omildir.
Avvalo shuni ta’kidlash joizki, Ichki ishlar vazirligi tizim¬lari¬da el dard-u tashvishi bilan yashaydigan, xalq manfaatlarini himoya qilishga qodir xalqparvar kadrlarni tayyorlash ustuvorlik kasb etmoqda. Shu maqsadda IIV Akademiyasi va Malaka oshirish instituti faoliyatini tubdan yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yuqori kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega, intellektual salohiyatli va jismonan yetuk yoshlarni tarbiyalash maqsadida vazirlik ixtisoslashtirilgan maktab-internati, 14 ta akademik litsey va 1 ta «Temurbeklar maktabi» faoliyat yuritmoqda. Demak, Uchinchi Renessans poydevori uchun muhim qadamlar tashlangan.
Xo‘sh, Uchinchi Renessans arafasida ichki ishlar organlari xodimlarining dolzarb vazifalari nimalardan iborat? Bunda xodimlarning sa’y-harakati qanday bo‘lishi kerak, degan savol bo‘lishi tabiiy.
Xodimlar, eng avvalo, har tomonlama bilimdon, o‘z kasbini puxta egallagan, el-yurt, Vatan manfaatlari yo‘lida sidqidildan xizmat qilishi, unga sadoqatli bo‘lishi, e’zozlashi, iqtisodiy-siyosiy, huquqiy bilimlarni doimiy ravishda, yetarli darajada egallab borishi, ma’naviy kamolot sari intili¬shi, fuqarolarning g‘am-tashvishlari, quvonch¬larida hamdard-hamkor, yelkadosh bo‘lishi, bir so‘z bilan aytganda, jamiyat hayoti¬ning barcha jabhalarida faol ishtirok etishi, mamlakatning xavfsizligi, osoyishtaligi, farovonligiga hamisha kamarbasta bo‘lishlari shart.
Bu boradagi birinchi dolzarb vazifa – ichki ishlar organlari xodimlari, avvalo, kuchli bilim sohibi bo‘lishi darkor. Zero, tarix guvoh, bilimi kuchli insonni hech kim yenga olmaydi. Buning uchun har bir xodim o‘z ustida tinimsiz ishlashi, ilm olishdan to‘xtamasligi lozim.
O‘z yurtiga sadoqatli kishi shaxsiy manfaatini el-yurt manfaatlaridan ustun qo‘ymaydi. Yurt tinchligi, osoyishtaligi, taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida bilim hamda salohiyatini safarbar etadi. Elim deb, xalqim deb qayg‘uradi, kerak bo‘lsa, bu yo‘lda jonini fido qilishga ham tayyor turadi.