View in Telegram
41-mavzu O‘ZLIGIMIZ TIMSOLI (21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni) O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga ham 33 yil to‘ldi. Bu vaqt mobaynida milliy tilimiz rivoji yo‘lida nimalarga erishdig-u, yana qanday ishlarni amalga oshirishimiz zarur degan savol o‘zida vatanparvarlik, millatparvarlik, milliy o‘zlikka daxldorlik hissini tuygan har qanday insonni qiziqtirishi tabiiy. Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi yangi bosqichi – milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, so‘nggi yillar mobaynida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash, uning mavqeini ko‘tarish borasidagi ishlarning yangi bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi, desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari, «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilinganligining 30 yil¬ligini keng nishonlash to‘g‘risidagi farmon va qarorlar hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar o‘zbek milliy tili, uning asosini tashkil etuvchi o‘zbek adabiy tilining jamiyatimizdagi o‘rni va mavqeini ko‘tarish ishlarida dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan qaror hamda farmonlar mamlakatimizda o‘zbek tilining nufuzi va mavqeini ko‘tarish borasidagi ishlarni jadal sur’atlarda davom ettirishni ta’minlagan bo‘lsa, Vazirlar Mahkamasining «O‘zbek tilining davlat tili sifatida qo‘llanilishini kengaytirish, rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha 2019–2020-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi»da belgilangan vazifalar ijrosi borasida yanada salmoqli ishlar amalga oshirildi. Eng avvalo, «2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi»ning ishlab chiqilganligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganligini alohida e’tirof etish lozim. Ilmiy asoslangan so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish bo‘yicha Atamalar komissiyasi tashkil etilganligi va darhol o‘z faoliyatini boshlaganligi bu sohadagi dastlabki qadamlardan biri bo‘ldi, deyish mumkin. O‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi», shuningdek, mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududiy bo‘limlari tashkil qilingani ham quvonarli holdir. Ma’lumki, oldingi yillarda chop etilgan izohli lug‘atlarimiz va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha qo‘llanmalarda ayrim juz’iy kamchiliklar va xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan edi. Ana shu noqisliklarni bartaraf etish maqsadida «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», hamda «Davlat tilida ish yuritish» qo‘llanmalarining to‘ldirilgan, takomillashtirilgan nusxalari nashr etildi.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily