36-mavzu
MA’NAVIYATNI SHAKLLANTIRADIGAN ASOSIY MЕZONLAR
Dunyodagi har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyati uning buyuk tarixi, mentaliteti, o‘ziga xos urf-odati va an’analari bilan belgilanadi. Ayniqsa, xalqning madaniy boyliklari va ko‘hna tarixiy obidalari bebaho ma’naviy meros hisoblanadi. Dunyo tamadduni beshigi hisoblanmish diyorimizdan buyuk zotlar, sarkardalar, allomalar hamda olimlar yetishib chiqqan.
Diyorimiz allomalari tomonidan yaratilgan bebaho moddiy va ma’naviy meros, xalq og‘zaki ijodi namunalari, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan qimmatbaho asarlar buyuk ma’naviy boyligimiz hisoblanadi. Ayniqsa, yurtimiz tarixi haqida eng qadimgi manba hisoblanmish uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan, «Qat’iy qonunlar » va «Hayot yo‘riqnomasi» deya ta’riflangan nodir yodgorlik «Avesto» alohida ahamiyat kasb etadi.
«Avesto»da ajdodlarimiz tomonidan asrlar mobaynida to‘plangan hayotiy tajriba, dunyoviy va diniy, axloqiy, ilmiy hamda adabiy qarashlar o‘z ifodasini topgan. «Avesto»da ilgari surilgan teran fikr va g‘oyalar, hayot falsafasi nafaqat yurtdoshlarimizni, balki jahon ilm fani ahlini hozirga qadar hayratga solib kelayotgani barchamizni behad quvontiradi. Ayniqsa, «Avesto»ning tub ma’no-mohiyatini anglatuvchi «Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal» degan hayotiy tamoyil bugunimiz uchun ham behad ibratli saboqlar borligini anglatadi. Ana shunday fikrlar, ya’ni ezgu niyat, so‘z va ish birligini ta’minlash jamiyat hayotining ustuvor g‘oyasi sifatida talqin etilishi hayotiy qonuniyat ekanligini anglatadi.
«Avesto»da insonning ma’naviy dunyosini shakllantirishga qaratilgan ko‘plab o‘lmas g‘oyalar, pandnomalar, ibratli fikrlar o‘rin olgan. Mazkur yodgorlik hozirgi Movarounnahr va Xuroson xalqlari yashagan mintaqalarda ma’naviyat, ta’lim va tarbiya yuksak darajada taraqqiy etganligini namoyon etadi.
Xalqimiz ma’naviyatini shakllantirishda millatimizning o‘zligini nam oyon etuvchi xalq og‘zaki ijodining noyob durdonasi – «Alpomish» dostoni xalqimizning qadim tasavvurlarini o‘zida namoyon etgan bebaho merosdir. Mazkur dostonni xalqimizning ko‘hna marosimlari va urf-odatlarining «qomusi» deb atash mumkin. Farzandning tug‘ilishidan oldin ovga chiqmoq, suyunchi olmoq, farzand g a ism qo‘ymoq,
beshik to‘y, to‘y maslahati, jarchi qo‘ymoq, chufurron to‘y kabi turli xil odat va marosimlar «Alpomish»-da aks etgan. Shu bilan birga, dostonda tarix to‘fonlaridan, hayot sinovlaridan omon chiqib, o‘zligini doimo saqlagan jasurlik, mardlik, matonat, bo tirlik, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlar o‘z ifodasini topgan.
Milliy ma’naviyatimizni shakll antirishda xalqimizning eng qadimiy bayrami Navro‘zning o‘rni ayniqsa beqiyosdir. Ushbu bayram timsolida xalqimiz ona tabiatni sevish va ardoqlash, hayot gultoji bo‘lmish insonni qadrlash, Vatanga muhabbat va sadoqat kabi ezgu g‘oyalarni anglaydi. Navro‘z milliy ma’naviyatimiz rivojidagi eng muhim shodiy ona bayram sifatida uch ming yildan ortiq tarixga ega.
Sharqona yangi yil – Navro‘z bayramining ruhi va falsafasida mujassam bo‘lgan borliqni asrab avaylab, doimo u bilan uyg‘un bo‘lib yashash, mehr-oqibat, xayr-u saxovat, bunyodkorlik, bag‘rikenglik, do‘stlik, hamjihatlik singari yuksak ezgu g‘oyalar xalqimiz ma’naviyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Navro‘z inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikka, ona zaminga mehr va e’tibor ko‘rsatishga, uning ne’matlarini asrab-avaylash, bugungi tinch hayotni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashash, inson qadrini ulug‘lashga da’vat etadi. Islom dini asrlar mobaynida xalqimiz qalbida chuqur ildiz otib, hayot ma’nosini anglash, milliy mentalitetimiz hamda madaniyatimizni pok va musaffo saqlashda qudratli kuch vazifasini o‘tab kelgan. Ayniqsa, muqaddas islom dini ta’sirida insoniylik, mehr-oqibat, halollik, bag‘rikeng l ik, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga xos fazilatlar xalqimiz ongida ildiz otib, tobora rivojlanib bormoqda.