View in Telegram
32-mavzu SHHT SAMARQAND SAMMITI –TARIXIY AHAMIYATGA MOLIK VOQЕA Mazkur tashkilot dast­lab «Shanxay beshligi» nomi bilan tashkil etilgan edi. 2001-yil 15-iyunda Xitoyning Shanxay shahrida bo‘lib o‘tgan Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida SHHT tuzildi.  Bugungi globallashuv sharoitida mintaqaviy va xalqaro miqyosida vujudga kelayotgan keskin o‘zgarishlar davrida SHHT o‘zini ko‘p tomonlama hamkorlikning ta’sirchan mexanizmi sifatida namoyon etmoqda. Tashkilot «Shanxay ruhi» negizida tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tamoyil asosida o‘zaro ishonch, manfaat, teng­lik, maslahatlashuv, madaniy xilma-xillikni hurmat qilish, umumiy taraqqiyotga intilish kabi muhim qoidalarni o‘zida mujassam etadi. Ta’kidlash joizki, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti mintaqaviy va transmintaqaviy xalqaro tashkilot sifatida katta kuch va salohiyatga ega. Tashkilotga a’zo davlatlardan Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari hisoblanadi. Tashkilotning umumiy maydoni Yevro­osiyo mintaqasining 60 foizini egallaydi. Dunyo aholisining deyarli yarmi tashkilotga a’zo davlatlarda yashaydi. O‘zbekiston Respublikasi­ning so‘nggi yillarda SHHT doirasida milliy manfaatlari­mizga javob beradigan ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ilgari surilgan ilg‘or taklif va tashabbuslari mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlariga to‘liq mos keladi. O‘tgan 5 yil mobaynida O‘zbekiston tomoni  30 dan ortiq tashabbusni ilgari surdi. E’tiborli va muhim jihati, O‘zbekiston tashkilot doirasida o‘z tashabbuslarini amaliy chora-tadbirlar orqali hayotga faol joriy etayotgani bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda O‘zbekis­ton Respublikasi SHHTdagi xavfsiz­lik, iqtisodiyot, transport, ilm-fan, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid yangi platformalarni yara­tish bo‘yicha tashabbuskorga aylandi. Ayniqsa, SHHTning O‘zbekis­tonda xalq diplomatiyasi markazi, Temiryo‘l ma’muriyati rahbarlarining uchrashuvi, Samarqand shahrida «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti tashkil eti­lishini bunga misol tariqasida aytib o‘tish lozim. 2021-yil 16-sentabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida SHHTning  20 yillik yubiley sammiti bo‘lib o‘tgan edi.  Davlatimiz rahbari sammitda so‘zlagan nutqida bugungi kunda xalqaro munosabatlarda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining roli oshib borayotganini ta’kidlab o‘tdi. Mazkur sammitda SHHTning yangi Bosh kotibi va SHHT MATT (Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi) Ijroiya qo‘mitasi direktori to‘g‘risida qarorlar hamda SHHT madhiyasi­ning qabul qilinishi kutilgan edi. Shuningdek, kun tartibidan terrorizm, separatizm va eks­tremizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik dasturi, xalqaro axborot xavfsiz­ligini ta’minlash masalasi bo‘yicha harakatlar rejasi, pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy salbiy oqibatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasi, «Yashil belbog‘» dasturi, sayyohlik va madaniyat poytaxtlari haqidagi nizom, shuningdek, boshqa xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlik bo‘yicha o‘zaro kelishuv memorandumlarini tasdiqlash o‘rin olgandi. SHHTga raislik qilish O‘zbekiston Respublikasiga o‘tishi sammitning muhim  voqeasi bo‘ldi. Albatta, bu juda mas’uliyatli va sharaf­li vazifa sifatida O‘zbekis­tonning xalqaro nufuzi va ta’sirini yanada kuchaytirishga xiz­mat qiladi. Navbatdagi sammitning ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida o‘tkazi­lishida o‘zgacha bir ma’no va mazmun bor. Sharq mash’ali deya e’tirof etilgan Samarqand boqiy shahar Rimning tengdoshi sifatida dunyoning eng qadim shaharlari qatorida turadi. Zero, Samarqand  dunyo tamaddunida o‘z o‘rniga ega ilmiy-madaniy maskan sifatida alohida e’tirofga sazovor shahardir. Joriy yil 16-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily