View in Telegram
24-mavzu Eng yaxshi sovg‘a – kitob Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q jahonda, G‘amxo‘ring bo‘lgay u g‘amgin zamonda. U bilan qol tanho, hech bermas ozor, Joningga yuz rohat beradi takror. Abdurahmon JOMIY. Kitob bilimlar manbai ekanligi barchamizga ayon. Ayni paytda uning inson ma’naviyatini o‘stirishdagi o‘rni ham beqiyos. Chinakam badiiy adabiyot namunalari kitobxonga oq-qorani, yaxshi-yomonni tanitadi, uning qalbiga ezgulik urug‘larini ekadi, kishini hayot go‘zalliklaridan zavqlanishga o‘rgatadi. Zero, taniqli rus adiblaridan biri bejizga «O‘zimdagi barcha yaxshi xislatlarim uchun kitobdan minnatdorman», demagan. Hozirgi kunda barcha hududlarda kitob yarmarkalari tashkil etilyapti. Aholi o‘rtasida milliy va jahon mumtoz adabiyotining yuksak namunalari targ‘ib qilinyapti. Eng faol kitobxonlarni rag‘batlantirishga qaratilgan tanlovlar o‘tkazilyapti. Buni ichki ishlar organlari tizimi misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Lekin kishi aslida tanlovlarda g‘olib chiqib, mukofotlarni qo‘lga kiritish uchun emas, ruhiy olamini boyitish uchun kitob o‘qishi kerak. Badiiy asar mutolaasi insonning ma’naviy ehtiyojiga aylanishi lozim. Nafsilamrini aytganda, hali ham kitob o‘qish o‘rniga qimmatli vaqtini internet tarmog‘ida behuda sovurayotgan yoshlar talaygina. Hatto kattalar orasida ham «o‘rgimchak to‘ri»da rostu yolg‘on xabar ortidan quvadiganlar oz emas. Axir, o‘sha xabarlarning aksariyati kishi ma’naviyatiga hech narsa bermaydi. Qaytanga asabingizni charchatgani, savodingizni pasaytirgani qoladi, xolos. Kezi kelganda, badiiy saviyasi past asarlarni kitob holida chop etish hollari uchrab turganini ham qayd qilish kerak. Bunday kitoblar kitobxonlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ularning estetik didini o‘tmaslashtiradi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qarorida mazmunan sayoz, milliy ma’naviyatimizga va qadriyatlarimizga, axloq me’yorlariga mos kelmaydigan, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan adabi-yotlarni tayyorlash, bosib chiqarish va tarqatishning oldini olish choralarini ko‘rish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan edi. Yaxshi kitoblarni o‘qigan insonlar gap-so‘zidan, xatti-harakatidan ham darhol bilinadi. Ular atrofidagilarda xushmuomalaligi, fikrining teranligi, mulohazakorligi bilan yoqimli taassurot qoldiradi. Boshqalar ular haqida «O‘qimishli ekanligi, kitob o‘qiganligi shundoq ko‘rinib turibdi», deyishadi. Kitob o‘qishning ajib bir zavqi bor. Bu haqda akademik Akmal Saidov shunday degan edi: «Kitob — qalb chirog‘i, tafakkur qanoti. Ayniqsa, bosma kitobdan taralayotgan va elektron nashrdan topib bo‘lmaydigan o‘ziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida mo‘jizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan ko‘ngil cheksiz zavqqa to‘lgan holda, kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikrlashishning huzur-halovati tamoman o‘zgachadir». Taniqli munaqqid, adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov esa bir maqolasida kitobni insoniyat kashf etgan, yaratgan birinchi mo‘jiza deya ta’riflagan edi. Darhaqiqat, kitob hamisha ilm-ma’rifat manbai bo‘lib kelgan, ajdodlar zakosining bilimlarini avlodlarga yetkazgan. Bizning tezkor davrimizda ham yosh avlodni insonparvarlik, adolatparvarlik, milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda kitobdan ko‘ra ta’sirchanroq vosita yo‘q.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily