View in Telegram
21-mavzu BOLA TARBIYASIGA E’TIBOR – KELAJAKKA E’TIBOR Xalqning harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi, zaif bo‘lib xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib e’tibordan qolishi, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi bolalikdan o‘z ota-onala­ridan olgan tarbiyala­riga bog‘liq. Bolalar axloqiy tarbiyani muhitdan oladilar, boshqacha qilib aytganda, bolalar suvga o‘xshaydi, suv idishning shaklini olganidek, bolalar ham muhitning odob-axloqini qabul qiladilar. Abdurauf Fitrat. Farzand tar­biyasi mamlakat taraqqiyoti va kelajagi bilan bevosita bog‘liq. Shu bois azal-azaldan, mahalla ahli, ayniqsa, nuroniy ota­xon-u onaxonlarimiz ko‘cha-ko‘yda nobop xatti-harakat qilayotgan bola oldidan hech qachon beparvo o‘tib ketishmagan. Shu zahotiyoq tanbeh berib, to‘g‘ri yo‘lga solishgan. O‘sha bola pand-nasihatlarga quloq tutmasa, bu haqda ota-onasi, muallimlarini xabardor qilishgan. Kerak bo‘lsa, bu holat mahalla ahli o‘rtasida muhokama qilinib, bolaning ota-onasiga nisbatan ta’sir choralari ko‘rilgan. Oila va uning muammolari hamisha davlatimizning diqqat-e’tibori va himoyasida bo‘lib kelmoqda. Asosiy qonunimiz bo‘lgan Konstitutsiyamizda: «Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega», deb belgilab qo‘yilgan. Farzand oilada ulg‘ayadi, kamol topadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bu – oiladir». Bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimiz barkamol avlodni tarbiyalashdir. Shu bois ham mamlakatimizda barcha xayrli ishlar avvalo oilalarni mustahkamlash va yosh avlodning yorug‘ kelajagini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Zero, oila sog‘lom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir. Bolalar tarbiyasiga nafaqat oila, ta’lim-tarbiya muassasalari, balki mahalla ham mas’uldir. Chunki farzand tarbiyasi ko‘p omillarga, avvalo, axloqiy-ma’naviy muhitga ham bog‘liq. Ta’lim-tarbiya muassasa­lari bilan oila hamkorligi bunda muhim ahamiyatga ega. Bolalarda ona yurtiga muhabbatni shakllanti­rish, ularning ma’rifatli va ma’naviyatli shaxs sifatida voyaga yetishlarini ta’minlash ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish har birimizning muqaddas burchimizdir. Har bir ota-ona farzand tarbiyasida o‘zlarining burch va mas’uliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Shunday ekan, oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy munosabat, ota-ona obro‘si­ning yuqori bo‘lishi muhim sanaladi. Bolalarga ta­lab qo‘yishda oila kattalari o‘rtasidagi birlik­ning saqlanishi, bola shaxsini mehnat orqali tarbiya­lashga alohida e’tibor be­rish lozim. Boladagi o‘zga­rishlarni kuzatib borish, undagi intilish va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash darkor. Bularning barchasi ota-onalarning pedagogik bilimlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ichki ishlar vazirligi miqyosida ham kelajagimiz egalarining ta’lim-tarbiyasi, ularning huquqbuzarlik va jinoyatchilik ko‘chasiga kirib qolmasliklari borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati tizimi­da faoliyat ko‘rsatuv­chi voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektorlar, psixologlar tomonidan ta’lim muassasa­larida «Davomat» va «Tun» tadbirlari o‘tkazilib, qarovsiz hamda nazoratsiz yurgan bolalar aniqlanib, ular­ning ota-onasiga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi. Ushbu tadbirlarga profilaktika inspektorlari hamda MFY raislarining jalb etilishi ta’sir choralarining yanada samarali bo‘lishini ta’minlaydi va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklar­ning bar­vaqt oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily