View in Telegram
14-mavzu AMIR TЕMUR DAVRIDA ILM-FAN VA MADANIYAT Amir Temur buyuk sarkarda, davlat arbobi, ma’naviyat va ma’rifat homiysi, shuningdek, xalqini jahonga mashhur qilgan buyuk va betakror shaxsdir. Ayniqsa, uning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqi¬yos. Amir Temur va uning avlodlari sa’y-harakatlari bilan qurilgan mad¬rasalar, masjidlar, xonaqohlar, saroylar, bozorlar, qal’alar, kanallar va boshqa inshootlarning son-sanog‘i yo‘q. Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi, Go‘ri Amir, Ahmad Yassa¬viy, Zangi Ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zinda me’moriy mo‘jizalari, Bog‘i Chinor, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Behisht, Bog‘i Baland singari o‘nlab go‘zal saroy-bog‘lar va shu kabi boshqa inshootlar shular jumlasiga kiradi. Sohibqiron o‘sha davr va o‘zigacha bo‘lgan insoniyat ma’naviyati, ma’rifati va madaniyati yutug‘ining barcha sohalarini mukammal o‘zlashtirgan ulug‘ siymo, qomusiy ilm, aql egasi bo‘lgan. Ma’lumotlarga qaraganda, uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamo-yu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan. Helda Hukhem «Yetti iqlim sultoni» asarida ta’kidlagani¬dek, «Temur ... jismonan baquvvat, ma’naviy hayotning yuksak qadriyatlarini egallagandi, doimo olimlar davrasida ishtirok etar, ulardan talaygina fanlarni o‘zlashtirgandi, tarixni yaxshi bilardi». Shuning uchun ham uning boy, serqirra ijodi, tengi yo‘q va takrorlanmas shuhrati asrlardan asrlarga, davrlardan davrlarga eson-omon o‘tib, barcha alg‘ov-dalg‘ovlarga bardosh berib, bizlargacha yetib keldi. Buyuk davlat arbobi, ma’rifat homiysi, yuksak ma’naviyat egasi Amir Temurning abadiylikka daxldor merosi bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning ruhiy-ma’naviy poklanishi va milliy o‘zligini anglashida bitmas-tuganmas chashmadir. Amir Temur ilm-fan, ma’naviyat ahliga e’tibor, mehribonlik ko‘rsatib, ulardan jamiyat madaniy hayotida foydalanishga intilar ekan, tarixchi Ibn Arabshoh yozganidek, «... olimlarga mehribon, sayyid-u shariflarni o‘ziga yaqin tutar edi. Ulamo va fuzaloga to‘la izzat-hurmat ko‘rsatib, ularni har qanday odamdan tamom muqaddam ko‘rardi. Ularning har birini o‘z martabasiga qo‘yib, izzat-u ikromini unga izhor qilardi». Ko‘plab ilm-ma’rifat allomalari Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamsuddin Munshi, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono Badriddin Ahmad, Mavlono Nu’moniddin Xorazmiy, Xoja Afzal, Mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiylar Sohibqironning marhamatidan bahramand bo‘lib, uning xizmatida bo‘ldilar. Amir Temur ilm-fanning riyoziyot (mate¬matika), handasa (geometriya), me’morchilik, falakiyot (astronomiya), adabiyot, tarix, musiqa kabi sohalari ravnaqiga katta e’tibor berib, sohibi hunarlar bilan qilgan suhbatlari haqida fransuz olimi Lyangle shunday yozadi: «Buni teran anglagan Sohibqiron hokimiyatga kelishi bilan chiqargan dastlabki farmonlarini madra¬salar barpo etishga, ilm toliblariga nafaqalar tayinlash bilan boshlagan. Qaysi bir shaharga tashrif buyurmasin, Amir Temur, avvalo, o‘sha yerlik olim-u fozillar bilan uchrashar, ular bilan suhbat qurar, turli mavzularda bahslashar edi». Tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me’morchilik sohalarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hol edi. Mirzo Ulug‘bekning davlat arbobi bo‘lish bilan birga, buyuk olim darajasiga yetishishida ham bobosi Amir Temurning xizmati benihoya katta bo‘lgan. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari¬ning «Samarqandning sara ulamolari» kitobida Amir Temur haqida jumladan quyidagilar keltirilgan: «Amir Temur ilmga va ulamolarga ahamiyati katta bo‘lgan. Harbiy yurish, jang-u jadal¬ning ichidan Imom Muhammad ibn Jazariy rahmatullohi alayhiga o‘xshash allomalarni topib, o‘z diyoriga olib ke¬lish, ularga ilmiy faoliyat uchun sharoit yaratish va ularning hurmatini joyiga qo‘yish oson ish emas».
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily