View in Telegram
Men ham barcha qatori xushchaqchaq, samimiy va kirishimli bo'la olaman. Boshqalar bilan do'stona munosabatlar qura olaman. Dilovar, dardkash va diyonatli bo'laman - bular atigi "d" harfidan boshlanuvchi xislatlarim, xolos. Faqat mendan yaxshi bo'lishimni so'ramang. Bunday bo'la olmayman. Markus Zusak qalamiga tegishli "Kitob o'g'risi" asarining ilk sahifalaridayoq keltirilgan ushbu iqtibosdan so'ng, beixtiyor Nitsshening boshqa bir yozig'i esimga tushdi: "Ayniqsa, o'zlarini "yaxshi" deb ataganlarni men hammadan ko'proq zaharli bo'lgan pashshalar deb topardim: ular butunlay ma'sum holda tishlaydilar, butunlay ma'sum holda yolg'on so'zlaydilar; ular menga qanday qilib adolatli bo'la olsinlar axir! ...yaxshilarning ahmoqligi tuzalmasdir." Bir qarashda erish tuyiladigan ushbu so'zlar aslida unchalik ham haqiqatdan uzoq emasligini sezgan bo'lsangiz, ehtimol. Hammaning o'z haqiqati borligiga hech qanday e'tirozim yo'q, ammo men o'zini yaxshi deb ataydigan har qanday insondan uzoqroq bo'lishni, hech yo'q ularni tashqaridangina kuzatishni ma'qul topdim. Ha aytgancha, men ham aqlli, ahmoq va alamzada bo'lishim mumkin va bular "a" harfidan boshlanadigan xislatlarim xolos. Lekin hech qanaqasiga yaxshi'likka da'vogar emasman. @malinadann
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily