View in Telegram
— Qo‘rqaman? Nimadan qo‘rqaman? — Sevgidan, Jo. Sevishdan. Sevgini berish va qabul qilishdan. Va u bir qisqa soniyaga sevgidan nafratlandi. Chunki sevgi — sotqinlik. Usiz yo‘qotishlar bo‘lmasdi. Ehtimol, usiz hech bir narsa bo‘lmasdi, lekin muhimi — yo‘qotishlarsiz. — Shekspir doimo kema halokatlari, odam o‘g‘irlash va taqdirlardagi dramatik o‘zgarishlar haqida yozgan. Va hech kim hech qachon uning asarlarini "ta’msiz" demagan. — Chunki Shekspir Konkord'lik yosh ayol emasdi. — Nimadan qutilish? — Mendan, — ginasiz javob berdi Jo. Mening qiyinchiliklarim va muammolarim, o‘zgaruvchan kayfiyatimdan. Mening g‘alati xarakterim va men uchun muhim rol kasb etadigan karyeramdan. Shu dunyodagi qolgan barcha insonlar singari yashay olmasligimdan. Jo buni faqatgina xohlagani (aslida shunday bo‘lsa ham), mablag‘ga ehtiyoji bo‘lgani (bu ham to‘g‘ri) uchungina emas, yozishi kerakligi uchun yozardi. Chunki u qanaqasigadir va qaydadir yashashi kerak. Zulmatga qaramay. Hatto bu bor-yo‘g‘i havo qasri bo‘lgan taqdirda ham. Jo boshqa insonlar bilan bir xonada bo‘la turib, o‘zini butunlay yolg‘izlikda his qilish qanday ekanligini bilardi. Borligi faqatgina ungagina ma’lum bo‘lgan dunyo bilan yuzma-yuz qolish. Ibtidoning bashoratidan zavqlanib, intihodan qo‘rqish. Asil hayotda hech narsani bunchalar jonli va haqiqiy qabul qila olmasligiga nisbatan aybdorlik va qo‘rquvni his qilish. "Boshqa dunyoda yashayotganimga nisbatan bo‘lgan qo‘rquv. Menga hech kim yeta olmaydigan soyalar va nurdan iborat havo qasrida." Маргарет Штольц, Мелисса де ла Круз "Джо и Лори" @malinadann
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily