View in Telegram
​​#book_review Yil oxirini "ajoyib" bir kitob bilan yakunladim. Ummonlik yozuvchining "Celestial bodies" kitobi edi. Kitobda biz uch opa singilning hayoti atrofida aylanadigan voqealarni ko'rishimiz mumkin. Yo'q, nafaqat uch opa singil, balki bitmas tuganmas qahramonlar, o'ta qisqa bobchalar (ba'zilari hatto 1,5 bet)ni ko'ramiz. Sevgisiz turmush qurish, ko'p farzandlik bo'lish, abyuz, o'zlikni izlash kabi mavzular orasida aralashib ketgan bu kitobni qanday yana atashni ham bilmayman. Qiziqarli, dolzarb mazvularni yozyapman, deya oldidan uchragan mavzularni barini qo'lga qalam olgancha yozaverganga o'xshaydi. Hayronman qanday qilib mukofot yutgan, shortlistlarga kirgan. Balki Ummonlik yozuvchi ayollarning kamligidir sabab. To'g'ri ba'zi qiziq joylari ham bor, masalan tug'ruqda baqirmasdan tug'dirishga urinish (ya'ni uyat bo'larkan), kasalxonaga tug'ayotgan ayolni avval olib bormaslik, keyin esa zamonaviylashish, sevgi bilan turmush qurish yo qurmaslik kabi. Ammo, asar haqiqiy hausning o'zginasi. Tahrirtalab, bir tizimga solinmagan. @mahinsworld
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily