⚡️O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, O‘zbekiston Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyi ma'muriyati hamkorligida 8-dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan “Konstitutsiyamiz – huquq va erkinliklar kafolati!” shiori ostida 8-dekabr kuni barcha yurtdoshlarimiz uchun bepul kino namoyishlari tashkil etilmoqda.
Namoyish vaqtlari quyidagicha: 🎬 "PANDEMIYA" (ZAL-5) filmning tizeri mana buyerda. ⏰10:30 ⏰14:45 ⏰19:20 🎬 "YASHA, XOTIN!" (ZAL-5) filmning tizeri mana buyerda. ⏰12:45 ⏰17:00
Ushbu namoyishlarga barcha yurtdoshlarimizni taklif etamiz. 📍Manzil: O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyiNavoiy ko‘chasi,15-uy
Barchangizni yaqinlashib kelayotgan huquq va erkinliklar bayrami, Vatanimiz qonunlarining poydevori bo‘lmish Konstitutsiya kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelajagimiz yanada porloq, yurtimiz obod va huquqlarimiz himoyalangan bo‘lsin!
⚡️ O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimizning tinch va farovon hayotini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
✨ Konstitutsiya davlatimizning bosh huquqiy hujjati bo‘lib, u jamiyatimizning barcha sohalarida erkinlik va farovonlikka asos soladi.