👤 Murod Muhammad Do‘st
📓 "Lolazor"
Bugungi kun kitobxoni kutgan asar – “Lolazor” nihoyat, qo‘lingizda! Garchi romanning ilk nashri o‘tgan asrning so‘nggi o‘n yilligiga to‘g‘ri kelsa-da, u o‘quvchilar “to‘ymagan” asarlardan biri hisoblanadi. Nega? Sabab oddiy – asar voqealari ayni kunimizdan, biz yashayotgan jamiyat “sir”laridan so‘zlaydi.
Mutolaa davomida qahramonning umr yo‘li, faoliyati bilan tanishasiz. Bu yo‘lning dastlabki qadamidan to so‘ngiga qadar o‘quvchi asosiy obrazlardan biri – Yaxshiboyevga hamroh bo‘ladi. Yana biri – Oshno bilan do‘st tutinadi. Lekin birda hamfikr bo‘lsa, birda ularga qarshi chiqadi. Qarshi chiqish bilan esa, tabiiyki, o‘quvchi vaziyatni o‘zgartirmaydi, aksincha, Oshnoning oshnosiga, Yaxshiboyevning shogirdiga, hatto Qurbonoyning fojiasiga aylanadi. Boshqa yo‘l yo‘q – istamagan holda o‘quvchi o‘zining sobit qarashidan voz kechadi!
Asar so‘nggida kitobxon mulohazaga cho‘madi, bir so‘z bilan aytganda, mutolaadan kim nimani izlasa, shuni topadi.
📚@kitoblar_pdf