View in Telegram
Serovodorod (oltingugurt)ning sizib chiqishi qayta boshlandi Surxondaryo viloyati Baysun tumanidagi "Mustaqillikning 25 yilligi" (M-25) gaz kon maydonida serovodorod sizib chiqishi qayta boshlandi. Mahalliy aholi to‘rt kishining vafot etganini tasdiqladi, ularning shaxsi aniqlanmoqda, kamida besh kishi jabrlangan deyishyapti. Bu avariya 17 sentyabr kuni tushdan keyin sodir bo‘ldi, biroq davlat organlari tomonidan hozirgacha rasmiy izoh berilmadi. Mahalliy guruhlarda odamlardan hech narsa yozmaslik va aytmaslik, faqat duo qilish so‘ralmoqda. Muammoni yashirishga urinishlar yana kuzatilmoqda. Eslatib o‘taman, birinchi marta oltingugurt 604-sonli quduqda 1 sentyabr kuni sizib chiqqan. O‘shanda bu hodisani “texnologik jarayon buzilgani” bilan tushuntirilgan edi. 2 sentyabr kuni prezident topshirig‘iga binoan bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov, favqulodda vaziyatlar vaziri, energetika vaziri, sog‘liqni saqlash vaziri, viloyat xokimi va "O‘zbekneftegaz" kompaniyasi rahbari voqea joyiga yetib kelgandi. Shunda maxsus shtab tashkil etilgan edi. Mening tushunchamda, shtab har kuni vaziyat haqida ma’lumot berib turishi, avariyani bartaraf etish jarayonlari, evakuatsiya qanday o‘tkazilayotgani, odamlar qayerga joylashtirilayotgani, serovodorodning qanday xavfi borligi va qanday ehtiyot choralarini ko‘rish kerakligi haqida ma’lumot berib turish kerak edi. Lekin 2 sentyabrdan so‘ng davlat organlari tomonidan hech qanday izoh yoki bayonot berilmadi. OAVning tegishli vazirliklarga yuborgan so‘rovlariga ham javob berilmagan. Evakuatsiya qilinganlar va mahalliy aholi salomatligining yomonlashgani haqida shikoyat qildilar va ularning muammolariga hech kim qiziqmayotganini, rahbarlardan hech qanday rasmiy va ishonchli ma’lumot berilmayotganini bildirishdi. Ko‘pgina savollar javobsiz qoldi. Biz avariyaning sabablarini aniqlashga harakat qildik, kompleks, kon va uning investorlari haqida ma’lumot berdik. 11 sentyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili matbuot anjumanida jurnalist savoliga javob berib, Baysundagi kuyonni yopish ishlari yaqin kunlarda amalga oshirilishini aytdi. 15 sentyabr sizib chiqish to‘xtatilgan edi. Burgilash ishlarini olib boruvchi Eriell kompaniyasi «quduq germetiklandi va so‘ndirildi» deb ma’lum qildi. Bu jarayonga AQSH va Rossiyadan mutaxassislar jalb qilingan. Hali ham quyidagi savollar javobsiz qolmoqda: avariyaning sababi nima, zarar miqdori qancha, kim uni qoplaydi (eng muhimi, davlat kompaniyasiga zararni yuklamaslik kerak), bu loyihaning umumiy qiymati va ishga tushirish muddatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi, yashash joylarini tark etgan mahalliy aholining xarajatlarini kim qoplaydi. Birinchi marta jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida ma’lumot berilmagan. Qiziq, bu safar ish ochiladimi? Loyiha bo‘yicha to‘liq tekshiruv, auditorlik nazorati zarur, shuningdek, u yerda qo‘llanilayotgan va qo‘llangan uskunalar sifati, xodimlar uchun texnika xavfsizligi tashkiloti, gaz xavfsizligi hududlari mavjudligi, ishchi va aholi uchun jamoaviy himoya vositalari, atrof muhitdagi gazlanishni nazorat qilish stansiyalari, gaz xavfsizligi postlari va boshqa choralar tekshirilishi kerak. Yana bir savol: qachongacha katta loyihalarda buyurtmachi, qurilish pudratchisi, loyiha ishlab chiquvchisi, yetkazib beruvchi va burg‘ilash pudratchisi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan kompaniyalar bo‘ladi? Bu manfaatlar to‘qnashuvi emasmi? @latipovuzb
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily