View in Telegram
Forwarded from Uzbekonomics
Bog'lar bu xalqniki. Toshkent shahriga (mamlakatdagi barcha shaharlarga) oddiy bog'lar kerak. Bog' tadbirkorlarniki emas, balki shaharniki va uning aholisiniki - bu haqda yozgandim uch yil oldingi kolonkamda. Bog' bu vaqtincha tadbirkorlik qilib oladigan makon emas, balki shaharning tarixi va kelajagi chambarchas bog'liq bo'lgan makon. Hech qanday tadbirkorlik subyekti, ming yaxshi niyatlar bilan bo'lsa ham, shahar bog'larini ularning asl maqsadidan ko'ra yaxshilay olmaydilar. Hech qanday rekonstruksiya shahar bog'ini uning asl qiyofasi - tabiatga maksimal yaqinlashgan makondan ko'ra yaxshilay olmaydi, aksincha yomonroq qiladi. Shahar bog'lari bu shahar o'pkasi va aholi salomatligi masalasi. Agar faqat pulga chaqib hisob-kitob qiladiganlarga ham aytadigan bo'lsam - shahar bog'lari bu shahar iqtisodiyoti uchun o'ta muhim makon, bu haqda million marotaba yozildi, aytildi shekilli. Aynan tabiiy ko'rinishidagi shahar bog'i. Shahar bog'i byudjetga yuk bo'lyapti yoki o'zi qarovsiz holga kelib qoldi degan argumentlar umuman mantiqsiz. Shahar bog'i aholiniki bo'lganidan keyin aholi soliqlari (byudjet) evaziga parvarish qilinishi va saqlanishi tabiiy. Shunda hech narsa qarovsiz holga kelmaydi. Toshkent shahrida hech qanday attraksioni, temir-tersagi yo'q va "tegilmagan" shahar bog'lari soni bir qo'l bilan sanab bo'ladigan darajaga kelib qolgani juda achinarli. @uzbekonomics
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily