🎵Konsta
Shu yallani chiqqan kunidan beri kuniga kamida 20 marta tinglayapman. Me'daga tegamayapti. Tekst va musiqa zo'r. Ko'p narsalarni eslatmoqda.
Post bu yalla haqida emas. Nafs va ochko'zlik haqida.
Do'stim, iltimos, unutma! Ehtiyojlaring hech qachon tugamaydi. Nafsingni boshqar! Bu yurtni ertasi biz! Faqat o'zingni o'ylama! Qo'shning, do'sting bilan poyga o'ynama! Ular uchsa xursand bo'l, havas qil! Ichimizda har birimiz hech bo'lmasa 10 tadan odamni hayotini yaxshilasak ham 10 yildan keyin butunlay boshqa O'zbekistonda yashaymiz. Ko'proq yaxshilik qil! Hech bo'lmasa, chin dildan harakat!
Agar hammamiz faqat o'zimizni o'ylab yashasak, chevaralarimiz ham yaxshi hayot uchun, bizdek, boshqa davlatni "uy" qilishadi.
Shu postni o'qigan, hech bo'lmasa 1 inson, qachondir kursiga o'tirganda, shu gaplarni eslab, faqat o'zi uchun emas, uni qo'liga qaragan odamlar uchun chindan ishlasa, soat 00:47 da post yozish uchun ketgan vaqtimdan roziman!
👉 JackHobbsOfficial