View in Telegram
MENI KUTGIL Meni kutgil va men qaytarman, Faqat kutgil, juda intizor, Kutgil, yomg‘ir zeriktirganda, Meni kutgil, yoqqanida qor, Atrofingni harorat qoplab, Yeru ko‘kni chang tutganda, kut. Boshqalarni uzatgan do‘stlar Kechagina unutganda, kut. Xat kelmasdan uzoq yerlardan, Yuragingni qilganida qon, Kutgil, senla birga kutganlar Zerikkandan chekkanda fig‘on. Meni kutgil va men qaytarmen, Bo‘lsa hamki, ranging za’faron, Yoring qaytmas, umidingni uz, Deganlarga tilama omon. Mayli, o‘g‘lim, singlim, volidam, Aza ochsin men yo‘q tufayli. Kutaberib sabri tugagan Yoru do‘stlar, oshnolar, mayli, Ayriliqqa berolmasdan tob, Achchiq-achchiq ichsinlar sharob. Ko‘zlaringga to‘lsa hamki, yosh Faqat sen kut va ayla bardosh. Meni kutgil va men qaytarman, O’limlarni qoldirib dog‘da. Ishi o‘ngdan kepti desinlar Kutmaganlar meni u chog‘da. Yot tuyular kutmaganlarga, Bunday ajib toleing saning. Kuta-kuta meni ofatdan Omon saqlab qolaolganing. Qanday omon qolganligimni, Yolg‘iz senga aytarman, sirdosh, Kutaolding meni sen faqat, Buyuk edi sendagi bardosh. Konstantin Simonov sheʼri Hamid Olimjon tarjimasi @kumush_odina
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily