Korea bo'linishi 🖊Rus-yapon urushi tugagandan soʻng, garchi koreys-yapon tinchlik sulhi tuzilgan boʻlsa-da, amalda Koreya Yaponiya protektorati ostiga oʻtadi va deyarli mustaqilligini yoʻqotadi. 1910-yilga kelib Yaponiya Koreyani toʻliq bosib oladi, natijada Koreya toʻliq Yaponiyaga oʻtadi.
1945-yilda Yaponiyaning II jahon urushida magʻlubiyatga uchrashi, Koreyadagi yaponlar boshqaruvining barham topishiga olib keladi. Ammo Koreyaning shimoliy qismini SSRI, janubiy qismini esa AQSh eggalab oladi.