Bugun haqiqiy so’zsevarlar, ijodkorlar faslining boshlanishi.
Borliq ilohiy “Kun” (“Yaral”) so’zi bilan bunyod bo’lgan, deb aytiladi. Demakki, bu dunyoning boshi So’z, Yaratgan bizga bergan ilk ne’matlardan biri bu – So’z.
Matnazar Abdulhakimning bir gapi bor: “So’z, avvalo, amaldir”. Aytayotgan, yozayotganimizga amal qilar ekanmiz, bu ilohiy yaratiqning uvoliga qolmaymiz. Yaxshimi yoki yomon, uning qudratiga, axiyri, guvoh bo’lib boraveramiz. Mana shu yo’lda barcha so’zsevarlar toyinmasdan o’tishini tilayman. Biz kutgan fasl esa barcha ijodkorlar uchun barakali bo’lsin.