View in Telegram
Shuncha o’qib uyda o’tiramanmi? Inson rivojlanishida turli bosqichlar bo’lishi tabiiy. Bu yo’lda hammaning o’ziga qo’ygan talablari, oldiga qo’ygan maqsadlari bo’ladi. Lekin baribir qizlarga biroz qiyin. Universitetni tugallab, turmushga chiqamiz, keyin dekret davri boshlanadi. Endi boshlangan ish bir muddatga to’xtab qoladi. Kimdir 2-3 yilda ishga qaytadi, kimdir qaytolmasligi ham mumkin. Bir tomondan, ayol uchun oila birinchi o’rinda. Dekret tushkunlikka tushish davri bo’lmasligi kerak! Farzandimiz uchun ham doim kayfiyati a’lo, rivojlanishdan to’xtamaydigan ona bo’lishimiz muhim. O’ylab qarasak, hammasi o’z qo’limizda. Dekretda o’z yo’nalishidan tashqari yangi-yangi kasblarni egallayotgan, qobiliyatlarini aniqlayotgan, yutuqlarga erishayotgan ayollar talaygina. Shu o’rinda, sizga bir sirimni ochaymi? Menda yomon odat bor, kitob o’qiyapmanmi, imlo xato chiqsa, qalamda to’g’rilab ketaman. Ijtimoiy tarmoqlarga kirdimmi, uslubiy xatolar to’la matnlarni o’qib charchayman. Reklama bannerlaridagi g’alizliklarga g’ashim keladi. Sarvarovna kanaliga a’zo bo’lishdan oldin bu sirim menga daromad olib kelishi xayolimga ham kelmagandi. Dekretda o’tirgan ayol uchun bu kanal haqiqiy topilma bo’ldi. Onlayn ishlash esa ayni muddao.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily