TUMAN HOKIMI IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARIDA
Konimex tuman hokimi Ruslan Ro‘ziyev "Fidokor" ovulidagi ijtimoiy soha obyektlarida- mahalla tibbiyot punkti hamda 15-umumta'lim maktabida bo'ldi
Ijtimoiy soha obyektlarida qish mavsumini betalofat o'tkazish, tibbiyot punktida aholi sog‘lig‘ini saqlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, ta'lim maskani faoliyati, hududda obodonlashtirish ishlarini tashkil etish ishlari o'rganildi. Xodimlar bilan muloqotlar qilinib taklif va murojaatlari tinglandi. Mutasaddilarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.
Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati