#JARAYON ❗️Ko‘p qavatli uylarning energosamaradorligi ta’minlanadiKommunal soha yillar davomida murakkab munosabatlar tizimi sifatida shakllangan, ammo aholining eng zarur sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan sohadir. Shu bois davlatimiz rahbari mazkur tarmoqni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqdalar. So‘nggi yillarda sohada olib borilayotgan tub o‘zgarishlar bugun aholi hayotida ijobiy aks etib, ularni qiynab kelayotgan muammolarini ijobiy hal etilishiga zamin yaratmoqda.
Tizimda amalga oshirish lozim bo‘lgan galdagi muhim vazifa – kommunal xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida energosamaradorlikni ta’minlashdan iborat. Zero, energiya resurslari yildan-yilga cheklanib borayotgan bir sharoitda mamlakatimiz iqtisodiyotning eng muhim yo‘nalishi hisoblangan kommunal sohada ham yangi yondashuvlar talab etilmoqda.
🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan bu borada kompleks tadbir, rejalar ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Vazir o‘rinbosari
Ozoda Jo‘rayeva bugun poytaxtimizning
Shayxontohur tumani “Katta Oqtepa” mahallasida bo‘ldi. Mazkur hududda
“Demetra kapital development” BSK tomonidan
Gulxaniy ko‘chasida joylashgan 1
1, 12, 37 va 37 uylarni energosamaradorligini oshirish borasida qator ishlarga qo‘l urilmoqda.
Xususan, mazkur uylarning tom qismi kapital ta’mirlanib, profnastil qoplamasi bilan qoplangan, shuningdek, uyning muhandislik tarmoqlari tegishli talablar asosida to‘liq izolyatsiya qilingan. Hozirda uyning fasad qismini bazalt qoplamasi bilan qoplash, deraza-romlar, framuga oynalarini plastik romlariga almashtirish hamda kirish yo‘laklarida ta’mirlash-tiklash ishlari ketmoqda.
-Hurmatli yurtboshimiz 2025-yilga “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”, deb nom berishni tavsiya qildilar. Mazkur ezgu tashabbus bizning oldimizga ham qator vazifalarni qo‘yadi. Shu asnoda kirib kelayotgan yilning eng muhim maqsadlarini belgilab olmoqdamiz. Ulardan biri sohada energiya iqtisodiga erishish, ortiqcha resurs yo‘qotishlarni oldini olishdir. Biz ushbu jarayonga kompleks yondoshishimiz, ya’ni ko‘p qavatli uyning tomidan tortib yerto‘lasigacha bo'lgan har bir jihatni inobatga olishimiz darkor. Chunki bu bir-biriga bog‘liq, murakkab jarayon hisoblanadi, - dedi Ozoda Jo‘rayeva.Ta’kidlanganidek, mazkur ishlar natijasida bir uyning energosamaradorlik ko‘rsatkichi
50 foizga ortadi. Natijada aholi qulayligi ta’minlanishi bilan bir qatorda, ularning ortiqcha sarf-xarajatlari oldi olinadi.
Ozoda Jo‘rayeva kompaniya tomonidan olib borilgan ishlarni kuzatar ekan, ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda birlamchi e’tibor sifatga qaratilishi, bunda pudrat tashkilotlari mas’uliyatni oshirish lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, aholi orasida tejamkorlikni oshirish yuzasidan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|
🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|