View in Telegram
​​#taqvim Astronomlar, bugun 25- yanvar kunlari tungi vaqtda sayyoralarni ko‘rishni tavsiya qilishmoqda. Ularning to‘rttasini (Uran va Neptundan tashqari) teleskopsiz kuzatish mumkin bo‘ladi. 28- fevral kuni esa paradga Merkuriy ham qo‘shiladi va barcha yetti sayyora (Yerdan tashqari) osmonda ko‘rinadi. Sayyoralar paradi — bu oddiy ko‘zga ko‘rinadigan bir nechta sayyoralar bir-biriga juda yaqin joylashgan va osmonning tor (20-30 daraja) qismida ko‘rinadigan (yoki ular Quyoshga yaqin bo‘lsa, ko‘rinmaydigan) vaziyat. Sayyoralarning katta paradi besh yoki undan ortiq sayyoralar yig‘ilganda sodir bo‘ladi. Shuningdek 2025- yil davomida bizni ko‘plab Osmon mo‘jizalari kutmoqda. Ulardan biri - Quyosh tutilishidir. Bu hodisa 29- mart kuni, Quyosh, Oy va Yer bir chiziqqa tizilganda sodir bo‘ladi. To‘liq tutilish faqat Kanadaning janubi-sharqida istiqomat qiluvchilar uchun kuzatiladi — qolgan hududlarda u eng ko‘pi bilan qisman bo‘ladi yoki umuman sezilmaydi. Keyingisi To‘liq Oy tutilishi 7- sentyabr kuni sodir bo‘ladi, O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida to‘liq kuzatilib, uzoq vaqt davom etadi. Superoylar. 2025- yilda ularning uchtasi kuzatiladi: Birinchisi 7- oktyabrda Ovchi Oyi, Qunduz Oyi 5- noyabrda va Sovuq Oy 4- dekabr kuni guvohi bo‘lishimiz mumkin. Yana bir osmon mo‘jizasi Shimol yog‘dulari. Quyoshning 11 yillik faollik davri o‘zining eng yuqori nuqtasiga yetgani sababli, kelgusi 12 oy davomida yog‘dularni 2024- yilga nisbatan ancha tez-tez kuzatish imkoni bo‘ladi. 💠 @koinottilsimi
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily