👤Odil Yoqubov📓 "Diyonat"Ushbu roman hayotning muhim qirralarini oʻzida jamlay olganligi bilan ham kitobxonga qadrlidir. Bir qarashda roman psixologik asardek tuyuladi. Unda turfa xarakterlarning botiniy ifodasi yetakchilik qiladi. Romanda muallif ijodiy niyati va tafsilotlar rang-barangligi qahramon nutqi bilan qorishib ketadi hamda xotira-esdaliklar uygʻunlashuvini yuzaga chiqaradi. Qahramon hayoti bilan davr voqeligining oʻzaro ziddiyati asar falsafasini – diyonat, or-nomus, iymon-eʼtiqod kabi insoniy sifatlarning mohiyatini ilgʻab olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu oʻzaro murosasiz jang, shaxs oʻzligini anglashga daʼvat etadi.📚@kitoblar_pdf