š¤ Oātkir Hoshimov
š "Tushda kechgan umrlar"
Romandagi voqealar qamrovi juda keng: 30-yillarning mashāum "qatagāon" qilish manzaralari, 80-yillarda Afgāoniston urushi lavhalari, shu yillarda sodir boālgan "oāzbek ishi" mojarolari.
Romanda asosan Afgāoniston urushi voqealari tasvirlanadi. Adib bu adolatsiz urushning butun fojeasini, gāayriinsoniyligini tasvirlaydi. Mina portlaganda qoāli bir tomonga, boshi bir tomonga uchib ketgan yigitning jon taslim qilishi, yurtini sogāingan askarning faqat oālimni tush koārishi, vayron boālgan afgāon qishloqlarining manzaralari kishi qalbini larzaga soladi.
Yozuvchi fojealarning ildizlari chuqur, hamma gap mustabid tuzumning mohiyatida ekanini ochib tashlaydi. Kollektivlashtirish yillardagi qatogāonlar, afgāon urushi va nihoyat āOāzbek ishiā degan jirkanch tuhmat, biz sigāingan tuzum adolatsizlik va zulum poydevori ustiga qurilgani va nurab, yer bilan yakson boālish arafasida oxirgi nafasini olayotgani juda ishonarli tasvirlanganiga iqror boālamiz.
š@kitoblar_pdf