#haqida
📝
"Chol va dengiz" eng sevimli asarlarimdan biri,
Xeminguey esa yaxshi yozuvchi. Kitobga ishlangan yuqoridagi muqovani ko‘rib jahlim chiqdi.
Yasama zehn orqali ishlanganligi ko‘rinib turibdi, lekin ozgina farosat ishlamay qolibdi.
Cholning bir oyog‘i qayiqda, biri esa g‘alati tarzda suvda (bir maqolni eslatib yubordi). Quyosh yonida delfinsimon mavjudot uchib ketyapti. Chol eshkakni noodatiy ushlab turibdi, qayiq bilan chol hajmi nomutanosib.
Xudoyim farosatdan bergurlar, ozgina ishlanglar, asarlarni hurmat qilinglar. Yasama zehndan foydalanish ishingizni osonlashtiradi, qulayliklar juda ko‘p, lekin uni ham ishlatishni bilish kerak.
Boshqa asar bo‘lganda ham jahlim chiqmasligi mumkin edi, ammo har yil bir qayta o‘qiydigan kitobim bo‘lganligi uchun asabim buzildi.
👉KitobHouse👈