View in Telegram
#taqrizoldi 📃 (+18) Asarni oʻqishni boshlashingiz bilan jirkanch mavzu oldingizga qoʻyiladi. Agar tolerantroq boʻlib oʻqimasangiz bir fohisha haqidagi asar ekan deb nari surib qoʻyasiz. Taqriz yozishdan oldin fohishani shu maqomga olib chiqqan jamiyat haqida yozishga qaror qildim va oldinroq yozilgan postdagi fikrni ochib bermoqchiman. E’tibor bersangiz oʻrta asrlar burjua jamiyatida turmushga chiqishdan asosiy maqsad kelajakda toʻkin hayotni ta’minlash yoki oilani qarz botqogʻidan olib chiqish boʻlgan. Shu sababli qizlar doim boy oila yigitlarini koʻzlab yurgan, qaysidir ma’noda bu qarash ularga yoshligidan singdirilgan. Tashkil qilinadigan bal kechalarida ovlar boshlangan. Eng qizigʻi aynan shunday kechalar kiborlik belgilarini namoyish qilish maydoni ham hisoblangan. Bu davr haqidagi ijod mahsullarida yaqqol seziladi. Kiborlar orasida xushtor tutish an’anasi urfda boʻlgan boʻlsa, oshkora, yashirin bunday qiliqlar ijobiy qabul qilingan. Yana hammasi oliymaqomlik belgisi ostida pana qilindi. Asarning ibtidosi umuman davom etishi jamiyatning yuqoridagi illati haqida, ona oʻzi qizini yashab qolish “kapitali” sifatida koʻradi. Va doim unga uqtiradiki qomatidan yaxshigina foydalanib qolsa boʻladi. Qizning hayotida uchraydiganlar esa goʻyoki namoyishchilardek baralla onasining firklarini tasdiqlab hayqirishadi. Orzularing uchun qurbon qiladigan yagona imkoning “qomating”. Oʻrta asr va qadimda Sharq davlatlarida bu jarayon biroz boshqacha kechgan, bu haram tutish edi. Haram ham maqom belgisi hisoblangan. Urushlardan yoki mustamlaka yurtlardan doimiy qiz-juvonlar olib keltirilgan. Ba’zi vaqtlarda ularning yuborilishi kattagina oʻlpon, soliqlardan ozod etilish evaziga boʻlgan. Asar haqida tugal fikrga kelganimcha yoʻq, sababi undagi qahramonlarning har biri muhokama qiladigan xulq-atvorga ega. Voqealar rivoji zanjirlar halqasidek bir-biriga bogʻliq. Yuqoridagi gaplar faqat qoralashdan iborat boʻlib qolibdi. Bunday niyat yoʻq edi aslida, jamiyatning bir illatini aytish xolos. Yana bir tahlil qilsa boʻladigan mavzu aynan sinfiylashish yuqori boʻlgani uchun pastki qatlam yuqoriga faqat tana orqali chiqishga harakat qilgani haqida, doimiy jismoniy mehnat va aqliy qobiliyatni rivojlantirishga imkon berilmagani ularga yagona yoʻl qoldirgandir. “Osmondagi bolalar” filmida aytilganidek, asar menga yoqdi. 👉KitobHouse👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily