View in Telegram
#haqida📝 Yil yakuni, orzular 🤩 Yil oxiri men uchun nisbiy tushuncha, shunchaki taqvimdagi raqamni o‘zgartirib qo‘yadigandek. Lekin inson rivojlanishi uchun bir to‘xtab olish zarur, ortiga qarab xulosa qilishi, oldinga qarab yo‘l belgilashi uchun bir sabab lozim. E’tibor berganmisiz, yil oxiriga yaqinlashgani sari odam o‘zida charchoq yoki bo‘shashlik sezadi. Aksincha yil boshiga o‘tishi bilan quvvatga, kuchga to‘la holda, kayfiyati chog‘ ishga kirishadi. Bo‘lmasam oradan 48 yoki 72 soatlik farq bor, xolos. Ha, biz shunday yaratilganmiz, jismoniy holatimizdan ko‘ra ruhiyatimiz doim ustunlik qilgan, bunga sabab tana yerniki, ruh samoda bunyod etilganidan deb bilaman. Inson uchun orzular kerak. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar bir ko‘zlagan maqsad uchun yashaydi. Eng beg‘am yoki yalqov odamda ham reja bor, bir kunini o‘tkazib olish. Reels ko‘radi, uxlaydi, osmonga tikilib yotadi demak reja ko‘ngildagidek amalga oshdi. Inson ana shu maqsadlarning farqi bilan bir-biridan ajralib turadi. Va oxirida qilgan harakatiga qarab mukofotlanadi. Maqsad bilan harakat parallel ketmasa safsataboz bo‘lib qolishi hech gap emas. Oramizda ko‘pchiligimiz yanvardan boshlab o‘tgan oylarimizni tahlil qilib chiqyapmiz, ko‘z oldimizda o‘tkazgan kunlarimiz gavdalanyapti. Shaxsiy xulosalar, erishilgan yoki erishilmagan marralar tahlil qilinyapti. Yangi yil uchun ro‘yxatlar tuzyapmiz. Bu hammasi o‘zimizning borligimizni his qilishimiz uchun, ha bormiz, tirikmiz, yashayapmiz, 37 mln, 7 mlrd inson ichida o‘zimizni namoyon qilishga harakat qilyapmiz. Orzularim ro‘yxati. Siz ham kichikdan boshlab ro‘yxat qiling, reja qiling va har kuni ularni qayta-qayta ko‘rib turing. Istaklarni belgilab bayram arafasi linkini tanishlarga yuborib qo‘ysangiz, ba’zilar oldinroq amalga oshib qolishi mumkin. Yana "Secret Santa" o‘ynab qolsangiz ham Santangiz qiynalmaydi 😉 👉KitobHouse👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily