O'z haqqini berib qo'ymaslik haqida
Menga ko'pincha "o'z haqqingni berib qo'ymaysana?" deyishadi. Yog'e qanaqasiga deb o'ylab qolsam, rostan ham shunday ekan. Hozir hayolimga 3ta voqea keldi.
1. Magazindan taglik oldim, 1 yildan beri olaman o'sha dokondan olaman, Huggies. Bir safar olganimizda, ichidan "Huccies" degan sifati yomon taglik chiqdi, noilojlikdan ishlatdik 6-7 tasini. Magazinga borib aytdim, cheki ham yonimda edi. Tog'ri tushunishdi, birgalikda bir nechta paketdagilarini qarab ko'rdik, ochmasdan ham yozuvini ko'rsa bo'larkan ichidagi. Bizni aldashibdi, uzr deb, eski partiyadan yangi pachka taglikni berib yuborishdi. Ishlatilganlariga pulini to'layman desam, rozimiz deb qo'yishmadi.
2. Qizimga dokondan, "Siniy traktor" o'yinchog'ini olgandim sovg'aga, uyga kelsam, ovozini o'zgartiradigan knopkasi ishlamapti, faqat yonyapti va bir ashulani aytyapti. Qaytib bordim uzoqroq bo'lsa ham, almashtrib berishdi ishlaydiganiga.
3. Bugun ham, Nomdor osh-somsa markazidan, 3 ta tovuq, 3 goshtli somsa oldim va office ga keldim. Olganimda sovimasin deb paketni ochmagandim. Kelib qarasam, 2 tovuq, 3 go'shtli somsa. Raqamni internetdan topib yozdim, uzr so'rab bir somsani pulini tashlab berishdi.
Post yozish davomida yana 4-5 voqea esimga keldi. Gap lekin voqealarda emas, gap inson o'z haqqini talab qilib olishida va shuning uchun harakat qilishida. Ertaga savol javob payti, barcha bir biridan qolib ketgan haqqi hisoblanayotganda barchasi baribir tog'ri bo'lib ketadi. Lekin o'sha paytgacha kutmasdan ham hozir harakat qilib qo'yavergan yaxshi iloji bo'lsa. Ko'z yumib ketaverish ham kerak emas. Kimdandir qarz bo'lsam, yoki mendan haqqi qolib ketsa ham shunday qilishga, qarzimni aytilgan vaqtda qaytarishga va insonni rozi qilishga harakat qilaman. Lekin ba'zida ishqilib esimdan chiqib ketmasinda deb o'ylab qo'yaman. Albatta ertaga, bu dunyodagi pul yoki moddiyat sababli quruq qo'l bilan savoblariz qolib ketishdan qo'rqaman. Shukurki, hozir nisbatan ancha odamlar, bu borada yaxshi tomonga o'zgaryapti, lekin ora-orada undaymaslar ham uchrab turadi. Lekin shunda ham, haqqingizni talab qilib, so'rang, kimdur lavzida turmaganda, siz harakat qilmasdan, Alloh kifoya qilsin, hali u dunyoda qaytarasan deb ichingizda gapirib ketishingiz ham notog'ri ekanligi haqida o'qigandim. Shuning uchun ham albatta harakat qiling, rad javob olsangiz, shundagina hisobi u dunyoga qolar ekan.
@khumoyun_writes