Hojar onamiz uchun duoAllohim, Hojar (alayhassalom) onamizni o‘z rahmating bilan mukofotla. Ularning sabr-matonati, fidoyiligi va tavakkulidan bizga ham nasiba ber.
Allohim, ularning go‘zal xulqlarini bizga o‘rnak qilib, qalblarimizni iymon va sabr bilan to‘ldirgin. Ularning oyog‘i ostidan oqib chiqqan zamzam suviday rizqingni va barakatingni bizdan ham darig‘ tutmagin.
Allohim, bizni Hojar onamiz kabi o‘z oilamiz, farzandlarimiz uchun fidoyi, Allohga to‘liq ishonuvchi bandalardan qilgin. O‘sha muborak onamizga bergan ajr va martabadan bizga ham ozgina bo‘lsa-da ulush nasib etgin.
Robbimiz! Hojar onamizni jannat ne’matlari bilan siylagin va bizni u zotlarga jannatda yaqinlardan qilgin. Amiyn, yo Rabbil alamiyn!
#duo
@khujamovanisa