#kashfiyot_natijalari
Dilnoza opa esa Mentorshipda oʻqigan edilar. Yaʼni u kishining maqsadlari bilan birma-bir shugʻullanish masʼuliyatini boʻynimga olgan edim.
Avvalo u kishidagi muammo - koʻp maqsadlilik, diqqatning boʻlinishi va asosiy maqsadlariga vaqt ajrata olmaslik edi.
Asosiy maqsadlari - qadriyatlarga asoslangan bogʻcha ochish ekan.
Keyin biz qolgan barcha loyihalarini toʻxtatib turib, butun diqqatni asosiysiga - shu maqsadlariga jiddiy kirishishga qaratdik.
Va asosiy maqsadlari bilan jiddiy shugʻullana boshlaganlarida moʻjizalar sodir boʻla boshladi: biznesmen oʻgʻillari buni koʻrib, uning biznes jihatini olishga, shu sohaga anchadan beri qiziqayotgan qizlari nazariy jihatiga qarashishga qaror qilishdi.
Va pochemuchka kurs ochishdi. Va qiziqarlisi, juda ajoyib xona yaxshigina arzonga topildi
Xullas, endi u kishi uzoq yillardan beri orzu qilgan ishlarini qila boshlab, yuqori shijoatga ega boʻldilar