View in Telegram
KECHIR MENI Bolaligim Boysuntogʻ Bagʻrida yelib ketdi. Shundan buyon na qoʻmsab, Na-da bir kelib ketdi. Aytolmadi qizgʻaldoq Boʻgʻzidagi ,,xayrʼʼini, Chelak tutgan qizaloq, Kechir meni, maylimi? Men yoshlikday olisman, Bolalikday hamnafas. Sen bolalikday qochoq, Yoshlikday unutilmas. Xiralashgan bir yulduz Izlar oʻsha daydini. Xayolimday shirin qiz, Kechir meni, maylimi? Oqshom yigʻlar qizarib Sayhonlarning sahnida, Bir-birini aldagan Ikki dilning ahdiga. Yurak boʻzlar qontalosh, Qoʻmsab lola saytini. Qaldirgʻochim, qalamqosh, Kechir meni, maylimi? Koʻz yosh emas, qon ila Ivib ketdi bolishim. Senga bermagan qalbim Xazonlarga alishdim. Nahot ... Nahot yoʻqotdi Joʻrabek sen Laylini?! Boʻgʻzimda bir soʻz qotdi: ,,Kechir meni, maylimi?ʼʼ JOʻRABEK RAMAZON @JorabekRamazon
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily