KOʻCHA
Mening toshloq koʻchamdan
Dunyo boshlanar edi.
Koʻrinmasam, koʻchaning
Koʻzi yoshlanar edi.
Bir kun dunyoning oʻzga
Koʻchasiga yoʻl oldim.
Ortimdan ona koʻcha
Qoʻlin silkitib qoldi.
Yugurma har tomonga,
Yoʻlingni sayla, dedi.
Shoiri koʻp zamonda
Yoqang avayla, dedi.
Sen toʻpori, sen yuvosh,
Aldanish-chi, qiyinmas.
Nobakorlar otgan tosh
Menikiday mayinmas.
JOʻRABEK RAMAZON@JorabekRamazon