KOʻZLAR
Meni adashtirdi kaftdagi chiziq,
Manglaydagisi ham aldamchi ekan.
Ular koʻk koʻrsatsa — yoʻlimda qoziq,
Ular gul koʻrsatsa — qoʻlimda tikan.
Barmoqlar riyokor, tirnoqlar begʻam,
Qoʻllar istaganni quchadi, lekin
Inson taqdiriga qiyos manglay ham
Kimningdir koʻksini oʻpishi mumkin.
Biroq aldolmaydi bechora koʻzlar,
Nigohda qiyofa beradi yurak.
Behuda boʻsalar, havoyi soʻzlar,
Yor, faqat koʻzlarga ishonish kerak!
Manglayga topinib yashadikmi, ayt,
Garchi hayot bizni yutayotgan kit.
Hech boʻlmasa, jonim chiqayotgan payt
Koʻzingni yashirma ... Koʻzingni oʻqit ...
JOʻRABEK RAMAZON@JorabekRamazon