View in Telegram
Men ertadan kutaman najot, Men bugunning jabrdiydasi. Ikkimizni qiynadi hayot, Uzrning ham yoʻqdir foydasi. Men ertadan umid qilaman, Siz ertaga aniq kelasiz. Siz hammadan yaxshi, bilaman, Men hammadan yomon, bilasiz. Oʻrtanaman, yuragim xira, Nima qilay sogʻingan boʻlsam? Ogʻrinmasmi koʻnglingiz sira Ertagacha bexosdan oʻlsam. Bilmam qancha asrlar kerak Yana bir bor quyosh chiqquncha. Koʻrguligin qoʻymaydi falak Birimizni yerga tiqquncha. Men oʻlimdan qoʻrqmayman, axir, Har qadamim tahlika, urush. Biroq mingta oʻlimdan ogʻir Sizni boshqa birovga berish. JOʻRABEK RAMAZON @JorabekRamazon
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily