View in Telegram
Hammasi oʻzimdan, oʻzimda gunoh, Unutdim gullarning erta soʻlishin. Va men yoqtirguvchi shu sirli nigoh Menga qaramasa yaxshi boʻlishin. Esimdan chiqarib qoʻydim baribir Yoʻlimiz, dilimiz boʻlakligini. Hattoki unutib boʻlganman, axir, Kimga sigʻinishim kerakligini. Kelsang, soʻramaysan ketmoqqa ruxsat, Istagan vaqtingda tez xayr aytasan. Goh mayna qilgandek, qayrilar fursat Jilmayib, ohista ortga qaytasan. Sen nimaga buncha erka yaralding, Mumkin-ku ketgancha ortga boqmaslik. Shu shoʻr peshonamga qaydan atalding, Bu na muhabbatu va na yoqmaslik. Qarshingda haykalday turaman beun, Na oldga, na ortga qoʻymayin qadam. Garchi UCH BOʻGʻINLI SOʻZni aytish-chun Uch soniya menga yetib-ortsa ham... JOʻRABEK RAMAZON @JorabekRamazon
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily