Jizzax viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Azizbek Habibullayev jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan muloqot qildi. Qabulda 20 ga yaqin kishi oʻzlarini qiynayotgan muammolarini hal etishda koʻmak soʻrashdi. Xususan, ish haqi va qarzlarni undirish, qonunbuzarni javobgarlikka tortish, zararni qoplash, oʻgʻirlik, firibgarlik, avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarish, oliy taʼlim muassasasi uchun shartnoma toʻloviga yordam koʻrsatish kabi masalalarga yechim izlandi. Bir necha yoshlar ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagini bildirishdi.
Muloqot davomida koʻtarilgan ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy masalalarning ijrosini taʼminlash nuqtai nazaridan soha masʼullariga topshiriqlar berildi.
Website |
Telegram |
Facebook |
Youtube