View in Telegram
Forwarded from JCI DENOV
JCI Denov Ochilish Marosimi: Yoshlar Liderligi Rivojlanishi Yo'lida Yangi Bosqich Kuni kecha Denov shahrida JCI (Junior Chamber International) Denovning ochilish marosimi Zoom platformasi orqali onlayn tarzda tantanali ravishda bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda JCI Uzbekistan prezidenti Bunyodbek IBRAGIMOV ham ishtirok etib, so’zga chiqdi va JCI a’zolariga mo’ljallangan maxsus trening o’tkazdi. U o’z nutqida yoshlarni yetakchilik va ijtimoiy mas’uliyatni o’z zimmalariga olishga undab, ularning jamiyatdagi o’rni va ahamiyati haqida so’zlab berdi. Ochilish marosimida JCI Uzbekistan a’zolari shuningdek, JCI Toshkent va JCI Urganch rahbarlari ham qatnashib, yoshlar yetakchiligini rivojlantirish masalalari hamda mahalliy jamoalarda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida fikr almashishdi. Marosim doirasida JCI Denovning yangi rahbari saylanish marosimi ham o’tkazildi. Tadbir qatnashchilari bir ovozdan Muhriddin ABDURAHMANOV 2025-yil uchun JCI Denovning Local Prezidenti etib tasdiqladilar. Ushbu saylov orqali JCI Denov jamoasi kelgusi yil uchun reja va maqsadlarini belgilab, yangi yetakchilik ostida yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularga imkoniyatlar yaratishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Mazkur ochilish marosimi Denov yoshlari uchun yangi eshiklarni ochib, ularning rivojlanishi va jamiyatda faollashuviga katta turtki bo’ldi. JCI Denov jamoasi o‘z oldiga yosh liderlarni tarbiyalash va ularga jamiyat oldidagi mas’uliyatni chuqur anglatish orqali, Denov va uning atrofidagi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksaltirishni maqsad qilgan. Yanada ko’proq ma’lumotlar👇 https://t.center/JciDenov
Telegram Center
Telegram Center
Channel