Namangan viloyatida jamoat xavfsizligi holati tahliliy o‘rganilmoqdaO‘zbekiston Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruh viloyat hududida jamoat xavfsizligiga ehtimoliy xavf-xatarlarni ilmiy yondashuv asosida o‘rganish, ilmiy diagnostika qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni boshladi.
Namangan shahridagi “Baynalminal”, “Ravnaq” mahallalari, Davlatobod tumanidagi “Umid”, “Xalqlar do‘stligi” mahallalari, Yangi Namangan tumanidagi "Mingchinor" va “Maʼnaviyat” mahallalarida jinoyatchilikni jilovlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, kriminogen vaziyatni tahlil qilish va sodir etilgan jinoyatlar sabablarini o‘rganishga qaratilgan chora-tadbirlarning natijadorligini baholash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur hududlarda xavf-xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari ilmiy yondashuv asosida davom ettirilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-site