View in Telegram
Bilarmidingiz? Jurnalist Muhrim A'zamxo'jayev "avtomobil uchun davlat raqami olganingizda to'lovning katta qismi davlat byujeti yoki YHXBga emas, "GID License Plate" degan MCHJga o'tishini bilarmidingiz?" deb so'ramoqda. Masalan, Spot.uz nashri skuterlar va mopedlar uchun ham nomer belgilarini kiritish rejalashtirilayotgani va har bir to'lovdan 3,5 BHM (1 milliondan oshiq summa) "GID License Plate"ga o'tishi haqida yozgandi. Yana bir qiziq narsa. 2023-yilda "fin tajribasi asosida" deyilgan boshlang'ich sinf darsliklarini chiqargan va bu yil "Singapur tajribasi asosida" yuqori sunf darsliklarini yangilashda davom etayotgan "Novda Edutainment" hamda o'sha davlat raqamlari uchun to'lovlarning katta qismini oladi, deyilayotgan "GID License Plate" "qarindosh" ekanligini bilarmidingiz? Orginfo.uz ga ko'ra, "Novda Edutainment"ning "onasi" - "GID Tashkent". "GID Tashkent"ning "onasi" - "GID FZE". Xuddi o'sha Orginfo.uz ga ko'ra, "GID License Plate"ning "onasi" - - "GID FZE". "GID License Plate" va "Novda"ni shunda tog'a-jiyan (yoki xola-jiyan?) desak bo'ladimi?
Telegram Center
Telegram Center
Channel