View in Telegram
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan davlat tashkilotlari va kompaniyalari ro'yxati e'lon qilindi. Bu ro'yxatda Ta'limni rivojlantirish markazi yo'q Gazeta.uz nashrining yozishicha, O‘zbekistonda 6-dekabrdan kuchga kiradigan "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati shakllantirildi. Ro‘yxatga 27 ta respublika darajasidagi davlat organi va tashkiloti, 71 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organi, 10 ta davlat maqsadli jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimiyatlari, shuningdek, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan 49 ta xo‘jalik jamiyati va unitar korxona kiritildi. Lekin, masalan, ro'yxatda Ta'limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi yo'q. Qiziq, nega? Qonunda berilgan ta'rifga ko'ra, manfaatlar to'qnashuvi - shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyat. 2023-yildan boshlab maktablarga joriy qilingan boshlang'ich sinf darsliklarini "Novda Edutainment" nashriyoti yaratgan va Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi huzuridagi kengash tasdiqlab bergan edi. Qizig'i, Markazni tashkil qilinganidan boshlab 2024-yil fevraligacha boshqargan Vohid Hamidov 1-iyun (lavozimga tayinlangan kuni) holatiga ko‘ra audiokitoblar va ertaklarni ikki tilda (o‘zbek va rus) ovozlashtirish, yosh bolalar uchun bosma materiallar va stol o‘yinlarini rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi "Novda Edutainment" kompaniyasi rahbari etib ko‘rsatilgan edi. Gazeta.uz nashrining tayinlov kuni qayd etgan xabariga ko'ra, "hozirgi "Novda Edutainment" bilan bir manzilda joylashgan va tugatilgan "Avtotest Mirobod"ning sobiq rahbari sifatida ham Vohid Hamidov qayd etilgan. Hamidovning o'rinbosari, hozirda markaz rahbari vazifasini bajaruvchi Yuliya Risyukova "Avtotest Report"da yetakchi metodist va haydovchilarni imtihon qilish bilan shug'ullanuvchi "Toshkent imtihon markazi" rahbari bo'lgan. "Novda Edutainment" nashriyotiga esa 2024-yilda ham maktab darsliklarini yangilash topshirilgan. Markaz ham, uning hozirgi va sobiq rahbarlari ham, masalan, bu vaziyatda qay darajada manfaatlar to'qnashuning oldi olingani haqida xabar berishmagan.
Telegram Center
Telegram Center
Channel