Biz aqlli, Singapurliklar "tupoy"mi yoki ... boshlang'ich sinf bolalarini "mayib" qilganimiz qolyaptimi?
Respublika ta'lim markazi
5- va
6-sinflar uchun matematika darsliklarining bir qismini e'lon qildi.
Kutilganidek, bu darsliklar Singapur darsliklarining tarjima qilingan varianti deyilmoqda (uni tarjima va chop qilish qaysi nashriyotga ishonib topshirilganini uch urinishda topib ko'ring).
Yuqoridagi suratlarda Singapurning tarjima qilingan
6-sinf darsligidan bir sahifa va "Novda"ning 2-sinf matematika
darsligidan bir sahifa berilgan. Ulardagi tushunchalar, amallar va tenglamalarni solishtirib ko'ring. Masalan, "Novda"ning 2-sinf darsligi 59-betidagi 9-mashqda berilgan tenglamalarga e'tibor qarating. 2-sinfda noma'lumni qavs ichidan chiqarib uch xonali sonlar ishtirokida tenglamalar yechadigan bolaga 6-sinfda (!) x+1 yoki 9*y qabilidagi algebraik ifodalar endi kiritilmoqda.
"Novda"ning darsliklari kiritilganidan beri
o'qituvchilar,
ota-onalar,
jurnalistlar darsliklar bolalarning yoshiga, kognitiv darajasiga mos emasligi, bunday yondashuv bolalarni "mayib" qilishi mumkinligi haqida bong urib kelishmoqda. Lekin na ta'limning mazmuni va sifatiga javobgar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va na bu darsliklarni tasdiqlab bergan Ta'limni rivojlantrish markazi bu xavotirlarga biron-bir jo'yali munosabat bildirganicha yo'q.
Endi har ikkala tashkilotga savol: 2-sinfda noma'lumi qavs ichida bo'lgan tenglamalar "yechib tashlaydigan" bizning o'quvchilar aqllimi yoki 6-sinfda y+8=14 singari ifodalar bilan endi tanishadigan Singapur bolalari "tupoy"mi? Boshlang'ich sinflarga berilayotgan ta'lim mazmuni biron-bir ekspertizadan o'tganmidi, bu yoshdagi bolalarga mosligi tekshirilganmidi? Hoynahoy Singapur darsliklarining mualliflik huququga valyutada falon pul to'langan bo'lsa kerak. Bu darsliklarni tarjima qilishdan oldin kimdir uning hozir boshlang'ich sinflar o'rganayotgan ta'lim mazmuni bilan uyg'unligini tahlil qilib ko'rganmi?