View in Telegram
Oʻquv dasturlari (curriculum) bilan bogʻliq yana bir qiziq holat Eʼtibor berilsa, yil davomida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rasmiy telegram kanalida 5-sinf oʻquv dasturlari (ayrim - Singapur darsliklari tarjima qilinayotgan fanlardan - 5-6 sinflar) "takomillashtirilayotgani" haqida xabarlar berildi (masalan, ona tili va adabiyot, oʻzbek tili, tarix, tarbiya, tasviriy sanʼat, texnologiya, matematika). Odatda dastur "takomillashtirildi" degani - darsliklar, taqvim-mavzuiy rejalar oʻzgaradi degani. Biroq Respublika taʼlim markazi telegram kanalida boshlanayotgan oʻquv yili 1-choragi uchun 5-sinflar taqvim rejalari (tabiiy fanlardan tashqari) eski darsliklar asosida berilgan. Ayrim manbalarga koʻra, 5-sinf uchun yangi darsliklar yaratilgan. Ularni yaratish (yoki Singapur darsliklaridan tarjima qilib, moslashtirish) va chop qilish koʻpchiligimiz taniydigan (har qalay, tanib olgan) bir xususiy nashriyotga ishonib topshirilgan. (Kecha tasodifan ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarga tarqalgan muqovadan bu qaysi nashriyot ekanligini taxmin qilish mumkin). Bu nashriyot oʻquv yili boshlanishiga darsliklarni chop qil(dir)ib, Oʻzbekistonga yetkazib bera olmagani uchun 5-sinf oʻquvchilari oʻquv yilini eski darsliklar bilan boshlab turishadi. Yangi darsliklar oʻquvchilarga qachon yetkazib berilad, hozircha aniq emas, lekin Respublika taʼlim markazida aksar fanlar boʻyicha taqvim rejalari faqat 1-chorak uchun eʼlon qilingan. Shu oʻrinda vazirga savollar: Ushbu iddaolar qay darajada haqiqatga yaqin? Agar shunday boʻlsa, bu xususiy nashriyot qaysi mezonlar asosida tanlab olingan? Bu nashriyotni tanlashda manfaatlar toʻqnashuvining oldi olinganmi? Va nega bu nashriyot "sharofati" bilan taʼlim mazmuni "oʻlda-joʻlda" boʻlib yotishi, oʻquvchilar aziyat chekishi kerak?
Telegram Center
Telegram Center
Channel