View in Telegram
"Darslikning bahosi bo'yicha xalqaro tashkilotlar, ya'ni ta'lim, umuman, o'quv kontentlariga baho beruvchi kompaniyalar, tashkilotlar jalb qilindi. Xususan, Finlyandiya - biz bilamiz, Finlyandiya yuqori natijalarga erishib kelyapti ta'lim sohasida - Finlyandiyada joylashgan o'quv kontentlarini baholovchi kompaniyaga berildi va bu tashkilot darsliklarning aynan yuqori darajada, XXI asr kompetensiyalarini rivohlantirishga qaratilganligi bo'yicha ijobiy baholab berdi", deydi Ta'limni rivojlantirish markazining hozirgi va bu markaz joriy qilayotgan darsliklarni yaratgan "Novda"ning sobiq direktori Vohid Hamidov "Menimcha" ko'rsatuviga bergan intervyusida. Bu yerda ikki, nazarimda, muhim detal tilga olinmayapti: 1. Education Alliance Finland - shu paytgacha asosan ta'limiy o'yinlar va kompyuter dasturlarini baholash bilan shug'ullanib kelgan xususiy tashkilot. 2. Bu tashkilot "Novda"ning ayrim (hammasi emas) darsliklariga "Tier-1" (birinchi bosqich) sertifikatini 6 oy muddatga bergan va bu sertifikat darslik muqovasida keltirilganda qayta baholash sanasi ko'rsatilgan bo'lishi lozim. (Muqovada bunday sanaga ko'zim tushmadi.)
Telegram Center
Telegram Center
Channel