❓ Havo iflosligi stressni oshiradimi
Odatda jahlimiz chiqsa yoki yomon voqea boʻlsa asabimiz buzilib, “stressga tushdik”, deymiz. Bundan tashqari, iflos havo ham stressni keltirib chiqarishi mumkin.
Masalan, qishloqlarda, daraxtlar koʻp, avtomashina va ishlab chiqarish zavodlari kam boʻlgan joylarda yashovchi odamlarda asabiylik juda kam uchraydi.
Bundan yuz yil avval nemis psixologi Villi Gelpax “Shahar — stress oʻchogʻidir. Shahar nafaqat shovqin, balki havosi ham iflos”, deb yozgan edi.
👍🏻Shuning uchun, imkon qadar shahardan tashqariga chiqib, toza havoda dam olishga harakat qiling. Bu asab tizimingizga ham, ish unumdorligiga ham yordam beradi.Instagram |Facebook | Telegram|YouTube|asab.uz