View in Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Federal Rezerv (AQSh Markaziy Banki) raisi Jerome Pauell, agar prezident Donald Tramp undan iste’foga chiqishini so’rasa, buni rad etishini aytdi. Unga ko’ra, prezidentning uni lavozimidan bo’shatishga qonuniy vakolati yo’q. Pauell, shuningdek, Trampning qayta saylanishi Federal Rezerv siyosatiga yaqin kelajakda ta’sir qilmasligini ta’kidladi. Bu savolni sababi bor - Trampning ko’pgina maslaxatchilari va siyosiy hamfikrlari, jumladan, Senat yetakchiligini qo’lga kiritmoqchi bo’lgan Senator Mayk Li va albatta Ilon Maskga ko’ra - Federal Rezerv prezidentdan mustaqil bo’lishi yaxshi emas. Menimcha, Tramp prezidentligini ikkinchi qismida - aynan shu narsa - prezidentdan mustaqil ishlaydigan institutlarni kuchi va erkinligi sinaladi. Chunki kongress va senat ham respublikachilar qo’lida - demak qonuniy o’zgarishlarga imkoniyat keng, hatto oliy sud ham to’sqin bo’la olmasligi mumkin. Kuzatamiz. Senatdagi respublikachilarni falsafasi juda muhim bo’ladigan bo’ldi.
Telegram Center
Telegram Center
Channel