View in Telegram
Oldin ko’p o’ylar edim, nega Putinni O’zbekistonda yaxshi ko’rishadi deb. Har qanday ijtimoiy qatlam, yosh, kelib chiqish, ta’lim darajasi va daromad bo’yicha kesimda - Putinga nisbatan simpatiyasi bor O’zbeklarni ko’p uchratgan edim. Fikrimcha, bu rus propagandasi oqibatlaridan biri edi. Shu kunlarda, xuddi shunday savolni Tramp haqida bersa bo’ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda ko’p O’zbeklar Trampni qo’llashlari haqida yozishmoqda va bir birlarini hatto g’alaba bilan tabriklashmoqda. AQShdagi O’zbeklar ham, AQShga borib qolish xavfi bo’lmagan o‘zbeklar ham shunday. Bu masalada ham biror bir tushuntiruvchi umumiy maxraj yo’qdek… Taajjubli albatta. Buning sababini bila olmadim (boshqa AQSh prezidentini bunchalar qo’llashganini eslay olmadim).
Telegram Center
Telegram Center
Channel