View in Telegram
⚡️ O'quvchi sizni darsda tinglamasa nima qilish kerak? Birinchi navbatda shuni aytib o'tish kerakki, biz nafaqat kuchli pedagog, balki *kuchli psixolog* ham bo'lganimizda barcha o'quvchilar diqqatini o'zimizga qarata olamiz. 🔹 Agar o'quvchingiz darsni tinglashdan manfaatdor emasligini bildirsa yoki dars payti uning chalg'iyotganini sezsangiz, ushbu usuldan foydalaning: Dars o'tayotganingizda fan tushunchalarini uning ko'ziga qarab aytishni boshlang, diqqatni muhim nuqtaga (ya'ni uning ko'ziga) qarating, lekin uzoq vaqt qaramang. Siz o'quvchini qiziqtirish uchun pauza qilishingiz kerak, keyin mavzuni davom ettiring. Buni tez-tez takrorlash kerak, lekin haddan tashqari oshirib yubormang. Dars payti oraliqlarida yengil hazillar, mavzuga oid olimlar haqidagi qisqa hikoyalar ham o'quvchi diqqatini darsga doimiy jalb etishga yordam beradi. Shu oddiy usuldan darsingizda foydalaning, shunda o'quvchilaringiz juda ehtiyotkor bo'ladi va sizning darsingizga "quloq solishadi''. Manba: "Krepeduz"
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily